Yaqin Sharqdagi harbiy keskinliklar fonida Dubay xalqaro aeroporti faoliyatida yuzaga kelgan uzilishlar har daqiqada qariyb $1 million miqdorida iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda NDTV World xabar berdi.
Unga ko‘ra, asosiy zarba nafaqat aeroportning o‘ziga, balki butun aviatsiya va xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga tegmoqda. Xususan, Emirates aviakompaniyasi, tranzit yo‘lovchi tashuvlari, mehmonxonalar, savdo nuqtalari va transport infratuzilmasi katta moliyaviy yo‘qotishlarni boshdan kechirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Dubay aeroporti 100 dan ortiq mamlakatlardagi 260 dan ziyod shaharlarni bog‘lovchi yirik global aviahab hisoblanadi. 28-fevral kuni mintaqada havo hududi yopilishi ortidan barcha reyslar to‘xtatilgan. Aeroport faoliyati faqat 2-martdan boshlab cheklangan tartibda tiklana boshlagan.
Bloomberg xabariga ko‘ra...