Fransiyaning chap qanotdagi «La France Insoumise» partiyasi mamlakatni NATOdan chiqarish masalasini ko‘tardi. Partiya Milliy Assambleyaga maxsus rezolyutsiya loyihasini kiritdi.
Hujjat deputat Klemans Gette tomonidan taqdim etildi. U Milliy assambleya vitse-prezidenti hisoblanadi. Rezolyutsiyada Fransiyaning NATOdagi integratsiyalashgan harbiy qo‘mondonlikdan chiqishi taklif etilgan.
Gettening aytishicha, tashabbus AQSh tashqi siyosatiga javob sifatida ilgari surilgan. U Donald Tramp prezidentligi davridagi qarorlarni tanqid qildi, deb xabar berdi Telegraph.
Deputat AQShni Venesuelaga aralashuvda aybladi. Shuningdek, Falastindagi zo‘ravonliklarning qo‘llab-quvvatlanishini tanqid qildi. Grenlandiya bilan bog‘liq tahdidlar va xalqaro huquqni buzgan bombardimonlar ham tilga olingan.
Klemans Gette Fransiya NATOdagi rolini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, integratsiyalashgan...