3-noyabrdan boshlab shaharda xorijliklar uchun kuryerlik faoliyatini cheklovchi qaror kuchga kirdi. Endi migrantlar yetkazib berish ilovalari orqali buyurtma olish yoki navbat band qilish imkonidan mahrum bo‘ladi.
Avgust oyida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov xorijiy fuqarolarga kuryerlik faoliyatini taqiqlovchi qarorni imzolagan edi. Kompaniyalarga kadrlar siyosatini o‘zgartirish uchun uch oy muddat berilgan.
Mahalliy hokimiyat bu chorani norasmiy bandlikka qarshi kurash, xizmat sifati va xavfsizligini oshirish hamda rossiyaliklar, ayniqsa, yoshlar va talabalar uchun ish o‘rinlari yaratish maqsadi bilan izohladi. Shu kabi cheklovlar avvalroq taksi sohasida ham joriy etilgan.
Ta’qiq piyoda va avtomobilda yetkazib beruvchi barcha xodimlarga tegishli bo‘lib, ular oziq-ovqat, gullar yoki mebel...