O‘zbekiston 2026-yilda hayot qiymati bo‘yicha past indeksli davlatlar qatoridan joy oldi. Bu haqda Numbeo ma’lumotlarida keltirilgan.
Portalga ko‘ra, O‘zbekistonning indeksi 27,3 ga teng. Ushbu reytingni hisoblashda Nyu-York shahri indeksi bazaviy ko‘rsatkich sifatida ishlatildi – 100 ball. Nyu-York bilan taqqoslaganda, kundalik xarajatlar 70 foizdan ko‘proqqa past. Ijara va kommunal xizmatlar Yevropa va Shimoliy Amerikaga qaraganda ancha arzon. So‘nggi yillarda oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishiga qaramay, umumiy xarajatlar global reytingda pastligicha qolmoqda.
Qirg‘izistonning umumiy ko‘rsatkichi ham 27,3 ga teng. Lekin respublika 140-o‘rinda, O‘zbekiston esa 138-o‘rinda. Tojikiston (27,9) va Qozog‘iston (29,8) O‘zbekistonga qaraganda yashash uchun qimmatroq bo‘lgan davlatlar deb topildi. Ularning dunyodagi reytingi...