Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi elektr krossoveri – YU7’ni Pekindagi 13 ta rasmiy avtosalonlarida namoyish etdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.
Smartfon ishlab chiqaruvchisi avtomobilsozlik sohasida navbatdagi qadamni qo‘yib, iyul oyidan oldindan buyurtmalarni ochishga tayyorlanmoqda. Dekabrdan beri barqaror tarzda Tesla Model 3’ni sotuvda ortda qoldirayotgan SU7 sedanining muvaffaqiyatidan so‘ng Xiaomi bu yutuqni SUV segmentida ham takrorlashga umid qilmoqda.
YU7 dizayn va funksionallik jihatdan Tesla Model Y bilan raqobatlashishga mo‘ljallangan. Krossover Xiaomi ekotizimiga – smartfonlardan tortib «aqlli uy»gacha – to‘liq integratsiyalanadi. Yangi model narxi 230 mingdan 330 ming yuangacha (taxminan $32 – $45 ming) bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Tesla Model Y...