Counterpoint tahlilchilari 2025-yilning birinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda tahlilchilar saytida ma’lum qilindi.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini iPhone 16, undan keyingi o‘rinlarni esa iPhone 16 Pro Max va iPhone 16 Pro egalladi.
iPhone 16e hali umumiy top-10 ro‘yxatga kirmagan bo‘lsa-da, u mart oyida, ya’ni ilk to‘liq savdo oyida oltinchi o‘rinni egalladi. Counterpoint ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 16e narxi iPhone SE 2022 modelidan yuqori bo‘lishiga qaramay, yillik savdo hajmida undan oshib ketishi kutilmoqda.
2024 va 2025-yillarni solishtirganda, Galaxy S25 Ultra oldingi modelga nisbatan unchalik ommabop bo‘lmadi. U yettinchi o‘rinda, Galaxy S24 Ultra esa beshinchi...