Uzoq masofali tashuvlarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan yangi qonunda keltirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 113−1-modda bilan to‘ldirildi. Endilikda xalqaro va shaharlararo yo‘lovchi hamda yuk tashish jarayonida haydovchining belgilangan ish va dam olish tartibiga rioya qilmasligi BHMning 7 baravari – 2 mln 884 ming so‘m miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida va talablarni buzgan mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 10 baravari – 4 mln 120 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanadi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslarga...