Dastlabki bosqichda o‘nlab avtonom avtomobillar yo‘lga chiqariladi. Bu haqda Ilon Mask CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Tesla kompaniyasining robotaksi xizmati 2025-yil iyun oyining oxirigacha sinov tariqasida ishga tushirilishi kutilmoqda. O‘nlab avtonom avtomobillar Texas shtatidagi Ostin shahrining faqat eng xavfsiz hududlarida yo‘lga chiqariladi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu son bir necha oy ichida mingtagacha oshiriladi.
«Biz butun shahar bo‘ylab emas, faqat sinov uchun xavfsiz deb topilgan joylarda harakatlanishni boshlaymiz», – deydi Mask.
Tesla uchun bu sinov strategik burilish nuqtasi sanaladi. Kompaniya ilgari rejalashtirilgan arzon elektromobil platformasidan voz kechib, e’tiborni aynan robotaksi va Optimus insonsimon robotlar...