O‘zbekcosmos delegatsiyasi AQShda bo‘lib, bir qator istiqbolli hamkorliklarga erishdi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Safar davomida delegatsiya Kaliforniyada suv resurslarini boshqarishda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini qo‘llash tajribasi bilan tanishdi va «Land IQ» hamda «Davids Engineering» kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, dunyoga mashhur «Esri» kompaniyasi bosh ofisiga tashrif buyurilib, O‘zbekistonda ularning texnologik markazini ochish g‘oyasi muhokama qilindi.
Eng muhim uchrashuvlardan biri SpaceX kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik yosh muhandislar tomonidan tayyorlanayotgan sun’iy yo‘ldoshni Falcon 9 orqali uchirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Kolorado-Springsda o‘tgan «Space Symposium» xalqaro konferensiyasida esa Uzcosmos vakillari ko‘plab mamlakatlar vakillari bilan muzokaralar olib borib, Koreya (KASA...