Ispaniya La Ligasi 6-turidan oʻrin olgan bahsda Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qildi va yakunda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda Xulian Alvares xet-trik qayd etdi. Mehmonlarning javob toʻplariga esa Xosep Chavarriya va Alvaro Garsiya mualliflik qildi.
Shu tariqa «Atletiko» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 9 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 9-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Rayo Valekano» esa 5 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 6-tur
«Atletiko» — «Rayo Valekano» 3:2
Gollar: Alvares (15, 80, 88) — Chavarria (45+1), Garsiya (77).
Atletiko: Oblak, Molina (Simeone 56), Le Norman, Gansko Galan (Raspadari 73), Gallager (Pubil 79), Koke (Gonsales...