O‘zbekistonda o‘tgan hafta davomida bir qancha yangiliklar yuz berdi. Kursiv Uzbekistan ularni bir joyga jamladi.
O‘zbekistonda gaz eksporti oshdi
O‘zbekistonda yanvar – oktabr oylarida gaz eksporti oshdi. Joriy yilning o‘n oyida gaz eksporti $568,2 mlnga yetdi. Yillik o‘sish 5,1 foizni tashkil etdi. Xitoy bojxonachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar – oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati $695,58 mln bo‘lgan gaz xomashyosi yetkazib bergan.
Qurilish tashkilotlari qat’iy ogohlantirildi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha qurilish tashkilotlariga atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya etishni talab qildi. Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalari tarqalishining oldini olish, osma yomg‘irlatgich...