La Liganing 6-turidan o‘rin olgan bahs yakunlandi. «Real Madrid» mehmonda «Levante»ni 4:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.
Uchrashuvda dastlab «qirollik klubi» futbolchisi Vinisius Junior 28-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Mastantuono farqni ikkitaga oshirdi.
Ikkinchi taymni faol boshlagan mezbonlar vakili Eyong 54-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Fransiyalik hujumchi Killian Mbappe 64-daqiqada penaltidan va 66-daqiqada o‘yindan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» oʻz ochkolari hisobini 18 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Levante» esa 4 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
La Liga. 6-tur
«Levante» — «Real» 1:4
Gollar: Eyong (54) — Vinisius (28), Mastantuono (38), Mbappe (64 penalti...