Turkiya Superligasining 14-turida «Kasimpasha» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Nuri Shahin matbuot anjumanida qatnashdi.
Nuri Shahin mazkur g‘alaba «Trabzonspor»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etganini ma’lum qildi. Murabbiy O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning insoniy fazilatlariga to‘xtalib, unda yulduzlik kasali yo‘qligini ta’kidladi.
«U judayam professional va o‘ta kamtar yigit. Unda yulduzlik kasali yo‘q. Yaratgandan u istagan barcha narsalarga erishishini tilayman», – dedi mutaxassis.
Uchrashuvda jarima zarbasidan gol urgan Abbosbek Fayzullayevning harakatlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Shahin yosh yarim himoyachining jarohatlardan keyingi tiklanish jarayonini boshdan kechirayotganini aytib...