Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda noldan tashkil etilayotgan korxonalarga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) hisobotida ma’lum qilindi (Kursiv Uzbekistanʼda mavjud).
Ortda qolayotgan yilda mamlakat yangi loyihalarga $4 milliard toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qildi, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 49 foizga kamdir.
Ushbu koʻrsatkich boʻyicha mintaqada yetakchi Qozogʻiston boʻldi, mamlakat bu yil 88 foiz oʻsishni koʻrsatib, $15,7 milliardga yetdi. Markaziy Osiyoda umumiy kapitalning 63 foizi ushbu davlatga toʻgʻri keldi.
Ushbu yetakchilik Qatarning UCC Holding kompaniyasining investitsiya faolligi bilan ta’minlangan boʻlib, u mamlakat boʻylab ikkita gazni qayta ishlash zavodi, yangi...