Grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasi 2024-yilda birinchi marta yillik daromad boʻyicha Samsung Electronicsʼni ortda qoldirib, yarimoʻtkazgichlar sanoatining yangi yetakchisiga aylandi. Bu haqda nufuzli Gartner tahliliy kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.
Nvidiaʼning 2024-yil yakunidagi daromadi $76,6 milliardni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 120 foiz oʻsish demakdir. Bunday rekord darajadagi natijaga erishilishiga sun’iy intellekt tizimlariga boʻlgan global talab asosiy sabab boʻldi.
Soʻnggi oʻn yil davomida bozor yetakchiligini qoʻldan bermagan Samsung kompaniyasi bu yil $65,6 milliardlik daromad bilan ikkinchi oʻringa tushdi. Har qancha oʻsishga erishgan boʻlsa-da (yiliga 60,8 foiz), u Nvidiaʼning SI chiplar segmentidagi shiddatli oʻsishiga bardosh bera olmadi.
Shuningdek, Intel esa...