Bugun, 6-aprel kuni kunduzi ayrim hududlarda qisqa muddatga yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «Oʻzgidromet».
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja boʻladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi esa 25-30 daraja boʻladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda...