Raqobat qo‘mitasi Uzum Tezkor MCHJni tayyor ovqat va iste’mol mahsulotlarini yetkazib berish bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qaror tegishli buyruq asosida qabul qilingan bo‘lib, u Uzum Tezkor kompaniyasining bozor ustunligini belgilaydi. Endilikda kompaniya monopoliyaga qarshi qonunchilik doirasida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishi shart bo‘ladi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tizim kompaniyaning ustun mavqeyidan noqonuniy foydalanishining oldini olishga qaratilgan. Shu bilan birga, kompaniya faoliyati doimiy ravishda nazorat qilinadi va tegishli monitoring olib boriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market bozoridagi ustun mavqeyi yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani...