Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida PQ-413-son prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Hujjatda qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.
Shuningdek, tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.
Ushbu lavozim egalariga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya qilish, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada...