Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karakasdagi mitingda AQSh xalqi Venesuela bilan birlashib, amerikaliklar tinchligi uchun harakat qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
«Amerikalar tinchligi uchun birlashish kerak. Endi cheksiz urushlar bo‘lmasin. Adolatsiz qirg‘inlar bo‘lmasin. Liviya va Afg‘oniston kabi vaziyatlar takrorlanmasin», – deya AQShni uzoq davom etadigan mojaro boshlashdan tiyilishga chaqirdi u.
So‘nggi haftalarda AQSh Karib dengizida harbiy kuchlarini kuchaytirib, kamida 19 ta zarba hujumi bilan 76 kishini o‘ldirdi, deb xabar qilinmoqda. AQSh bu harakatlarini narkotik tashuvchilarga qarshi qilinganini bildirgan bo‘lsa-da, Maduro ularni tabiiy resurslarni qo‘lga kiritish va «marionetka hukumati» o‘rnatish uchun urinish deb hisoblaydi.
Venesuela BMT Xavfsizlik...