Chery kompaniyasining iCar V27 EREV avtomobili Xitoy sanoat va savdo vazirligi ro‘yxatidan o‘tdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model retro uslubdagi dizaynga ega bo‘lib, uzunligi 5 metrdan oshadi va taqdimotdan keyin iCar brendidagi eng yirik avtomobilga aylanadi. Sotuvlar joriy yilning to‘rtinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.
Avtomobilning old qismi kvadrat shaklda ishlangan, dumaloq faralar, markazda iCAR logotipi va pastki qismida qalin qora bamper joylashgan. Yon tomonda esa C-ustun orqasida «V27» yozuvi modelning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.
Modelning uzunligi 5055 (4909) mm, kengligi 1976 mm, balandligi 1855 – 1894 mmga teng. G‘ildirak bazasi 2910 mmni tashkil etadi. Disklar 19 va 21 dyuymli...