11-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 12-22°, kunduzi 25-38° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
11-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 12-22°, kunduzi 25-38° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Eng yuqori batareya sig‘imiga ega iPohone 17 Pro Max, Qozog‘istonliklarning Google akkauntlariga hujum, Ferrari 849 Testarossa gibridi — Kursiv Uzbekistan 10-sentabrning muhim yangiliklarini bir joyga jamladi.
iPhone 17 Pro Max eng yuqori batareya sig‘imi bilan taqdim etildi
Apple kompaniyasi yangi iPhone 17, iPhone Air, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari batareyalarining sig‘imini rasmiy ravishda e’lon qildi.
Ferrari 849 Testarossa gibridini taqdim etdi
Ferrari kompaniyasi yangi 849 Testarossa sportkarini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Apple iOS 26 operatsion tizimini 15-sentabrdan foydalanuvchilarga taqdim etadi
10-sentabr kuni Apple iOS 26 va iPadOS...
NASA’ning Perseverance roveri Jezero krateridan olingan jins namunalarida mikroblar hayotini eslatuvchi belgilarni topdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Olimlar vivanit va greigit nomli minerallarni aniqlashdi, ular Yerda ko‘pincha mikroblar faoliyati natijasida hosil bo‘ladi.
Biroq mutaxassislar ehtiyotkorlikka chaqirmoqda — bu minerallar biologiyaga aloqasiz kimyoviy jarayonlar orqali ham paydo bo‘lishi mumkin. Kashfiyot Marsda qadimda suv mavjud bo‘lgan davrda hayot bo‘lishi ehtimolini yana-da kuchaytirdi.
Perseverance 2021-yildan beri Mars yuzasini o‘rganib kelmoqda. U turli jinslardan namunalar to‘plab, bortidagi asboblar yordamida tahlil qilmoqda. Shu paytgacha yig‘ilgan ma’lumotlar sayyoraning uzoq o‘tmishda yashash uchun qulay bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Olimlar Perseverance yig‘gan «Sapphire Canyon» namunasi Yerga qaytarilsa...
Samarqand tumanida qalbaki aksiz markali mahsulotlar savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, «G.A.» MChJ vakillari savdo do‘konida hujjatsiz 134,7 mln so‘mlik 4218 dona alkogol va 1 720 quti tamaki mahsulotini sotuvga qo‘yganini aniqladi.
Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176 hamda 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar noqonuniy savdoga qarshi kurash davom ettirilishini, aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi bunday mahsulotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament Qarshida soxta alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilishiga chek qo‘ygan edi.
Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini kengaytirish, iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari muhokama qilindi. O‘tgan yilda hududlar o‘rtasidagi savdo hajmi 20 foizga oshgani qayd etildi.
Shuningdek, Toshkentda Ishbilarmonlik markazi faoliyati va Yangi Toshkentda «Peterburg mavzesi»ni barpo etish loyihasi haqida ma’lumot berildi. Bu safar delegatsiya bilan 23 ta yangi kooperatsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi.
Uchrashuvda xususiy tibbiyot, ta’lim, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, logistika va turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Madaniy aloqalarni...
Shavkat Mirziyoyev mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
So‘nggi yillarda Fintex sohasi jadal rivojlanmoqda: agar 2018-yilda O‘zbekistonda 24 ta kompaniya faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ularning soni 103 taga yetdi. Joriy yil xorijiy investitsiyalar hajmi $260 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan to‘rt barobar oshdi.
Prezident ilgari ta’kidlaganidek, 1 mingta startapni qo‘llab-quvvatlash, «Open banking» tizimini joriy qilish va besh yillik Fintex strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda xalqaro tajribalar, jumladan Singapur mutaxassislari yordami o‘rganilmoqda.
Taqdimotda me’yoriy-huquqiy baza, infratuzilma va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Sun’iy intellekt va blokcheyn...
Fransiyada 10-sentabr kuni minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, prezident Emmanuel Makron va hukumatning rejalashtirilgan byudjet qisqartirishlariga qarshi norozilik bildirishdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
«Hammasini to‘sib qo‘yish» deb nomlangan bu harakat mamlakatning ko‘plab shaharlarida yo‘llarni to‘sib qo‘yish, axlat idishlarini yoqish va transport qatnovini izdan chiqarish orqali namoyon bo‘ldi.
Parij, Nant, Monpelye, Renn va boshqa shaharlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar qayd etildi. Poytaxtda namoyishchilar Gare du Nord vokzaliga kirishga uringanida xavfsizlik kuchlari ularni to‘xtatdi, ayrim o‘quv yurtlari yonida esa yoshlar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida tarqatildi. Renn shahrida avtobus yoqib yuborilgani haqida ham xabar qilindi.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra...
Tarmoqda Yakkasaroy tumanidagi Grand Mir Hotel (sobiq «Rossiya») mehmonxonasi o‘rnida yangi mehmonxona qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu bo‘yicha Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar hokimligi bilan bog‘landi.
Hokimlik matbuot xizmati bu ma’lumotni rad etib, hokimlikda mehmonxona buzilishi yoki yangisi qurilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirdi.
«Mehmonxona xususiy boshqaruvda bo‘lib, bu masalani uning o‘zi hal qiladi», — deydi hokimlik matbuot xizmati vakili.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan mehmonxona xodimining ta’kidlashicha, buzish ishlarining aniq muddati hozircha aniq emas va bino o‘rnida nima bo‘lishi ham noma’lum edi.
Design Factory arxitektura kompaniyasi vakili Shavkat Abdullayevga ko‘ra, bino...
Joriy yil avgust oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga pasayib, 13 foizni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, sezilgan inflyatsiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida (13,7-14,4%) qayd etilgan bo‘lsa, past sezilgan inflyatsiya darajasi Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida (11,8-12,1%) kuzatildi.
So‘rovnomaga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari sezilarli darajada oshdi deb hisoblovchilar ulushi bir oy ichida 1 foiz bandga pasayib, 57 foizga yetdi.
Kiyim va poyabzal narxi oshganini sezganlar ulushi esa 7 foiz bandga oshib, 19 foizini tashkil etdi. Shuningdek, tuxum (+7), guruch (+2), ijara...
Shu yilning avgust oyida Oʻzbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari oʻtgan oyga nisbatan 0,7 foiz bandga pasayib, 12,2 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich Markaziy bank oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra shakllandi.
Avgust oyida soʻrovnomada jami 3,5 mingdan ortiq respondentlar qatnashib, shundan 1,5 mingtasi tadbirkorlarni tashkil qildi.
Narxlarning oshishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida aholi kommunal xizmatlar, yonilgʻi va elektr energiyasi narxining koʻtarilishi, ish haqi va nafaqalarning hamda transport xarajatlarining oshishi ekanligini ta’kidlamoqda.
Eng yuqori inflyatsiya darajasi Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kutilmoqda. Aholi taxminlariga ko‘ra, ushbu hududlarda narxlar yil davomida 13,5 – 14,4 foizga oshishi mumkin. Jizzax, Andijon va Namanganda...
O‘zbekiston sharoitida oilaviy va kichik biznes uchun Chevrolet Damas eng ixcham model sifatida qaraladi. Yanvar-iyul oylarida 49,6 ming dona Damas xarid qilingan. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Damas va Chery Karry avtomobillari taqqoslanadi.
Ushbu maqolada quyidagilarni bilib olasiz:
Texnik xususiyatlarning taqqoslanishi Foydalanish qulayligi Narxlar solishtiruvi Texnik xususiyatlarining jadvaliTexnik xususiyatlarning taqqoslanishi
Chevrolet Damas va Chery Karry Q22L (Youyou) kichik tijorat minivenlari toifasiga kiradi. Har ikkisi ham O‘zbekiston bozorida faol ishlatiladigan modellar hisoblanadi. Ularning texnik ko‘rsatkichlari biroz farq qiladi.
Chevrolet Damas 0,8 litrli 3 silindrli dvigatelga ega bo‘lib, 38 ot kuchi quvvat ishlab chiqaradi...
Samsung kompaniyasining taqdim etiladigan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni kamerasi bo‘yicha kutilmagan pasayishga ega bo‘ladi. Gap 3x zum moduli haqida ketmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi 3x zum kamerasi atigi 10 MP F2.4 sensorga ega bo‘ladi. Uning o‘lchami esa Galaxy S25 Ultra’dagi IMX754 sensordan kichikroq. S25 Ultra’dagi IMX754 esa 1/3.52 dyuym formatida edi. Sensor qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p yorug‘likni qabul qiladi va ayniqsa tungi suratlarda sifat yaxshiroq chiqadi.
Ba’zi foydalanuvchilar bu xususiyatlar hali yakuniy emasligini yozishgan bo‘lsa-da, qurilmada hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi qayd etilgan.
Galaxy S26 Ultra sensori texnik jihatdan 12 MP bo‘lsa-da, amalda faqat 10 MP ishlatiladi.
Eslatib...
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev xalqiga yo‘llagan murojaatida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi alohida vazirlik tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda «Aqorda» xabar berdi.
Davlat rahbari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish keng ko‘lamli raqamli yechimlarni joriy etmasdan imkonsizligini qayd etdi. Bu yo‘nalishdagi birinchi qadam sifatida raqamli kodeksni qabul qilish belgilandi. U transformatsiyaning strategik yo‘nalishlarini aniqlab beradi — sun’iy intellektdan foydalanish, platforma iqtisodiyotini rivojlantirish, katta ma’lumotlar bilan ishlash va boshqa sohalar.
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologik bosqichga o‘tish uchun butun boshqaruv tizimini qayta tashkil etish talab etiladi. U yanada shaffof, samarali va fuqarolarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Yangi vazirlik amaldagi tegishli...
Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze terma jamoa rahbariyatining sukuti va xorijlik murabbiy olib kelinishi haqidagi mish-mishlar uni charchatganini bildirdi. U bu haqda Oriat Dono radiosidagi «Futbol+» koʻrsatuvida aytdi.
Kapadzening soʻzlariga koʻra, turnir davomida yangi murabbiy kelishi haqidagi xabarlar uning ishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
«Atrofdagilar ham, hatto ayrim futbolchilar ham: «Aka, nima boʻlyapti?» deb soʻrashdi. Agar assotsiatsiya rasmiy izoh berib, matbuot anjumani oʻtkazganida, barcha savollarga javob topilgan boʻlardi», — dedi u.
Murabbiyning taʼkidlashicha, OʻFA bu masalada mutlaqo jim qolgan va bu holat vaziyat qiyinlashishiga olib kelgan.
«Assotsiatsiya bu tomondan...
11-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kuni uchun AQSh valyutasi 12 360,86 so‘m (+5,72 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 60,02 so‘mga tushib, 14 479,51 so‘mni, rubl esa 2,82 so‘mga tushib, 145,66 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Yevropada uzoq muddat O‘zbekiston elchisi bo‘lib ishlagan, 68 yoshli Alisher Fayzullayevdan mamlakatga qaytgach, OIV va sifilis tahlillarini topshirish talab qilingan. Bu haqda o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
«So‘nggi kunlarda tuman poliklinikasidan hamshira bizga murojaat qilib, joriy yilda chet elda uch oydan ortiq vaqt bo‘lganim bois OIV va sifilis bo‘yicha tahlil topshirishimni qat’iy so‘ramoqda», — deya holatni izohladi Fayzullayev.
Avgust oxirida «Gazeta.uz» xorijdan qaytib kelayotgan o‘zbekistonliklar tekshiruvdan o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi. Nashr yozishicha, mexanizm hali kuchga kirmagan, biroq shifokorlar allaqachon tahlil talab qila boshlashgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlardan ham OIV bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgani haqida...
Maktablarda Erp.portfolio platformasi yaratiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Tizim orqali 1–11-sinf o‘quvchilarining portfolio bazasi shakllantiriladi va u maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi. 2028–2029-o‘quv yilidan boshlab ushbu ma’lumotlar o‘quvchilarning shahodatnomalarida aks etadi.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Ularning maoshi maktab direktori o‘rinbosari maoshiga tenglashtiriladi, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlarga esa har oyda 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Avvalroq 2025-2026-o‘quv yilida eMaktab platformasi ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi yangilanishlarni taqdim etgandi.
Shuningdek, eMaktab bonus sodiqlik dasturi ham ishga tushirildi. O‘quvchilar o‘z baholari evaziga «e.So‘m» ballarini to‘plashlari...
O‘zbekistonda pensiya yoshining minimal ko‘rsatkichini erkaklar uchun 63 yoshga, ayollarga esa 58 yoshga oshirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati rahbari Bahriddin Ziyatov Kursiv’ga ma’lum qildi.
«Bu hozircha taklif, aniq qaror emas. Ushbu taklifni bildirish jamg‘arma rejasida keltirilgan. Pensiya yoshini oshirish masalasi dastlab jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi», — dedi u bergan izohida.
Ma’lumot uchun hozirda amaldagi pensiya yoshi erkaklar uchun 60 yosh (25 yillik staj), ayollar uchun esa 55 yosh (20 yillik staj) hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze bergan tavsiyalar haqida yozgandi.
«Pensiya...
O‘zbekistonda tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chalarda avtomobillar tezligini 20 km/soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda. Bu «Respublikada tungi iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Ma’lum qilinishicha, bunday ko‘chalar uzunligi 800 metrdan 2000 metrgacha bo‘ladi. Yangi tartibga ko‘ra, tun-u kun faoliyat yurituvchi hududlar viloyat va tuman markazlarida, aholisi 50 mingdan ortiq shaharlarda hamda turistlar tashrifi yuqori bo‘lgan joylarda tashkil etiladi.
Ko‘chalar tadbirkorlik subyektlari uchun noodatiy (juma, shanba va yakshanba kunlari 6:00 dan 6:00 gacha) va kengaytirilgan (har kuni 9:00 dan 3:00 gacha) ish rejimi bilan ta’minlanadi. Tadbirkorlar o‘z hududiga tutash joylarda soyabon, o‘tirish joylari kabi yengil qurilmalarni elektron auksion...
7-sentabr kuni Angrenda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda «Daryo» Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishiga asoslanib xabar berdi.
Hodisa oqibatida olti kishi tan jarohati olgan. Ular hozirda Angrenda davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avariya haydovchi sement tashuvchi yuk mashinasini boshqarishda qiyinchilikka uchrab, boshqa avtomobillarga urilishi oqibatida yuz bergan. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in chiqqan. 8-sentabr kuni yetti kishi halok bo‘lgani va besh kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilingandi.
Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasiga ko‘ra esa ushbu YTH oqibatida vafot etganlar soni 13 kishiga yetgan. Ammo rasmiylar buni tasdiqlamayapti.
Avvalroq Rossiyadagi yoʻl-transport hodisasi tufayli uch...
Yaqdim etiladigan Redmi 15R 5G smartfoni haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qilmoqda.
Smartfon 6,9 dyuymli IPS LCD HD+ displey bilan ta’minlanadi. O‘lchamlari 171,66 × 79,47 × 7,99 mm, og‘irligi esa 205 gramm bo‘lib, katta va mustahkam korpusga ega. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 (MT6835T) chipida ishlaydi va 12 GB RAM hamda 256 GB ichki xotiragacha bo‘lgan konfiguratsiyalarda taqdim etiladi.
Batareya sig‘imi 6000 mA/soat bo‘lib, u 33 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Android 15 tizimida, HyperOS 2.0 qobig‘i asosida ishlaydi.
Kameralar qismida orqa panelda 13 MP kamera va LED chiroq, old tomonda esa 5 MP selfi...
Bugun, 10-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari lavozimidan Rustam Saparbaev ozod etilib, uning o‘rniga deputat Radjapbay Nurazizov nomzodi taklif qilindi.
Deputatlar tomonidan uning nomzodi qo‘llab-quvvatlangan va Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasiga asosan, Radjapbay Nurazizov Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari etib saylangan.
Mazkur lavozimga qadar u Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Avvalroq Sardor Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. Bundan tashqari, Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash...
Joriy yilning 28-oktabridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam parvozlar sonini haftasiga ikkitaga yetkazadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Hozirda ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marta — shanba kuni reys amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya Toshkent — Lahor — Toshkent yo‘nalishida ham haftasiga ikki marta, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Barcha yo‘nalishlarda samolyotlar to‘liq band bo‘lib uchmoqda, aviachiptalar esa oldindan sotib olinmoqda. Shu sababli yo‘lovchilar talabini qondirish hamda transport aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida parvozlar soni oshirilmoqda.
Yangi reyslar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi...
2026-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha qabul kvotalari (tashkilotlar bo’yicha ixtisosliklar kesimida) tasdiqlandi.
Tayanch doktorantura uchun qabul 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi. Batafsil ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: havola.
Qabul qilinganlar ro‘yxati 2026-yilning 10-yanvarigacha e’lon qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilingani haqida yozgandi.