Sardor Umrzoqov prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, prezident farmoniga binoan yana bir qator maslahatchilar tayinlandi:
Abdulaziz Kamilov prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi. G‘ofurjon Mirzaev prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Ravshan Gulyamov prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi...