Amerikalik prodyuser Shon Kombs, ya’ni P. Diddy, yana jiddiy ayblovlar markazida turibdi. Tergov hujjatlarida u 1996-yilda Las-Vegasda otib o‘ldirilgan mashhur reper Tupak Shakurni yo‘q qilish buyurtmachisi sifatida tilga olinmoqda. Bu haqda USA Today nashri ma’lum qildi.
Ish bo‘yicha asosiy guvoh — «Krips» to‘dasining sobiq a’zosi Duyeyn Devis. Unga ko‘ra, Tupak Shakur jangdan keyin Devisning jiyani Orlando Anderson bilan mushtlashib qolgan. Shundan keyin Devis qarindoshini himoya qilish uchun hujum uyushtirgan. Biroq tergovchilar fikricha, shaxsiy adovatdan tashqari moliyaviy manfaat ham bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, P. Diddy Shakurni va Death Row Records asoschisi Shug Knightni yo‘q qilish uchun $1 mln taklif qilgan. Devisning...