Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning vakolatlari belgilab berilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari prezident maslahatchilari o‘rinbosarlari, PA tuzilmasidagi bo‘linmalar rahbar o‘rinbosarlari hamda boshqa boshqaruv xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.
Mirziyoyeva xodimlarning ish jadvalini tasdiqlaydi, loyihaviy boshqaruv uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi, shuningdek, ularning ish haqi miqdorini belgilaydi.
Prezident maslahatchilari va Administratsiya bo‘linmalari rahbarlari rivojlanish loyihalari ro‘yxatini tayyorlab, Mirziyoyevaga topshiradilar. Keyingi bir oy ichida Kommunikatsiyalar departamenti davlat kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqadi.
Farmonga ko‘ra, Saida Mirziyoyeva ikki hafta ichida Administratsiyaning boshqaruv xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil...