Prezidentning «Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi.
2025-yil 1-martdan boshlab, yolg‘iz ona yoki ota uchun bolalari 3 yoshga to‘lguniga qadar bog‘chaga borishi uchun har bir bola uchun 1,5 BHMgacha (562 ming 500 so‘mgacha) moddiy yordam ajratiladi.
Egizak farzandlari bo‘lgan ota-onalarga bu yordam har bir bola uchun alohida to‘lanadi. Shuningdek, hujjatga ko‘ra 30-yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat beriladi, endilikda buning uchun oilaning to‘liq tarkibda bo‘lishi talab qilinmaydi.
Bundan tashqari, homilador ayollar va yosh bolali onalar uchun «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu xizmat orqali ular vaqtinchalik boshpana, huquqiy, tibbiy va...