Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShga xizmat safari davomida dunyodagi eng yirik onlayn ta’lim platformalaridan biri Coursera rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va platforma o‘rtasida axborot texnologiyalari ta’limini rivojlantirish, xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish hamda global ta’lim resurslariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, shuningdek, milliy AT-ta’lim reyting tizimini yaratish, sertifikatlash jarayonlarini takomillashtirish va raqamli ta’lim ekotizimini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ilgari surildi. Muhim jihatlardan biri sifatida Coursera 2025-yil oxirigacha 3 mingta o‘quv kursini o‘zbek tiliga tarjima qilishni rejalashtirayotgani bildirildi.
Bu minglab o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga xalqaro sifatli ta’lim resurslaridan ona tilida foydalanish imkonini beradi. Bugungi kunda Coursera...