Bugun, 10-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yirik suv quvuri yorilgani haqida videolar tarqaldi. Bu bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, soat 11:00 atrofida poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan Farobiy ko‘chasida diametri 800 millimetr bo‘lgan quvur portlagan. Hodisa natijasida ko‘chada kuchli suv oqimi yuzaga kelgan.
«Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi», – deyiladi xabarda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holat kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.
«Hodisa oqibatida...