Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning bojxona hududidan chiqadigan tovarlar qiymatini aniqlash tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymati ixtiyoriy yoki soxta narxlarga asoslanmasligi lozim.
Bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
olib chiqiladigan tovar bo‘yicha bitim qiymati asosida; ayni bir xil tovar bo‘yicha bitim qiymati asosida; o‘xshash tovar bo‘yicha bitim qiymati asosida; qiymatlarni qo‘shish asosida; zaxira usuli orqali.Asosiy usul — 1-usul hisoblanadi. Agar uni qo‘llash imkoni bo‘lmasa, qolgan usullar ketma-ket tartibda qo‘llanadi.
Bojxona qiymatini aniqlashning boshlang‘ich nuqtasi — xaridor sotuvchiga to‘lashi lozim bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni belgilashdan iborat.
Bundan...