Wuling Binguo S avtomobili uchun 52,9 kWh quvvatga ega yangi batareya varianti tasdiqlandi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
CLTC bo‘yicha yurish masofasi 525 kmni tashkil etadi. Bu modelni MG4’ning bevosita raqibiga aylantiradi. Ma’lumot Xitoyning Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi reyestridan olingan. Rasmiy taqdimot sanasi hali aytilmagan.
Binguo S Xitoyda ixcham elektrokar sifatida taklif qilinadi. Uzunligi 4265 mm. Eni 1785 mm. Balandligi 1600 mm. G‘ildirak bazasi 2610 mm. Tashqi ko‘rinishda yopiq panjarali old qism, ko‘p qirrali faralar va «C» shaklli kunduzgi chiroqlar, orqada esa to‘liq uzunlikdagi LED chiziq mavjud.
Salon 8,88 dyuymli raqamli panel va 12,8 dyuymli markaziy ekran bilan...