«UzAuto Motors» AJ kuzatuv kengashi aksiyadorlarga har bir aksiya uchun 4 642 soʻm dividend ajratishni tavsiya qildi. Bu kompaniya aksiyalarining bozor qiymatiga nisbatan 8,7 foiz daromadni anglatadi (53,5 ming so‘m). 2025-yilning toʻqqiz oyi yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash masalasi 24-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda muhokama qilinadi.
Aksiyadorlar reyestriga kirish uchun aksiyalarni sotib olishning soʻnggi muddati — 14-noyabr (T+2 tizimiga muvofiq). Tavsiya maʼqullansa, kompaniya ommaviy maqomga ega boʻlganidan buyon ilk bor bir yil ichida uchinchi marta dividend toʻlaydi.
Notekis dividend siyosati
2023-yildagi IPO’dan keyin kompaniya dividend siyosatida notekislik kuzatilmoqda. Joylashtirishdan so‘ng, 2022-yil yakunlari bo‘yicha...