Nubia yangi flagmani Nubia Z80 Ultra modelining global savdosi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Model o‘tgan oy Xitoyda taqdim etilgan edi. Xalqaro bozorda sotuvlar 2-dekabrgacha davom etadigan maxsus kampaniya bilan start oldi. Dastlabki xaridorlar original quvvatlagich va premium g‘ilofni bepul oladi.
Z80 Ultra 6,85 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Old kamera sakkizinchi avlod ekran ostiga joylashtirilgan, shu sabab ekranda hech qanday o‘yiq yo‘q. Ekran 1,5K aniqlik va 144 Hz yangilanish tezligini taklif qiladi.
Asosiy kamera o‘ziga xos — 35 millimetrlik obyektivga ega. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan ishlaydi. 7200 mA/soat sig‘imli batareya...