Samsung o‘zining navbatdagi hamyonbop Samsung Galaxy S25 FE smartfoni rasmiy taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi.
Smartfon Android 16 asosidagi One UI 8 interfeysi bilan chiqdi va 7 yil davomida yangilanishlarni oladi. Qiziq jihati shundaki, FE modeli Galaxy S25 Ultra’dan ham oldin final versiyani oldi.
Yangi qurilma 4 nm Exynos 2400 chipida ishlaydi. U 8 GB tezkor xotira va 512 GB gacha doimiy xotira bilan jihozlangan. Sovutish tizimidagi bug‘ kamerasi hajmi 10% kattalashtirilgan. Batareya sig‘imi 4900 mA/soat, tezkor quvvatlanishi esa 45 Vt.
Uning ekrani 6,7 dyuymli Dynamic AMOLED 2X, Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligi...