Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi Geely o‘zining Galaxy brendi ostidagi yangi flagman modeli — Galaxy M9 modelini taqdim etish arafasida. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Ushbu 6 o‘rinli krossover plug-in gibrid (PHEV) tizimiga ega bo‘lib, 2025-yil oxirigacha Xitoy bozorida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Dizayn va tashqi ko‘rinish
Galaxy M9 dizayni zamonaviy va sport uslubida bo‘lib, old qismi yopiq panjara, xromli emblema va LED chiroqlar bilan jihozlangan. Yon tomonlarida yashirin eshik tutqichlari va tomda LiDAR sensori mavjud. Orqa qismida esa LED orqa chiroqlar, tom spoyleri va xromli egzoz trubkasi imitatsiyasi ko‘zga tashlanadi. Ushbu modelda mustaqil orqa osma tizimi...