Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari AQSh bilan savdo bitimini imzolash maqsadida mart va aprel oylari uchun Rossiya neftini xarid qilishdan o‘zini tiymoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Indian Oil, Bharat Petroleum va Reliance Industries korporatsiyalari treyderlarning Rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha takliflarini rad etmoqda. Manbalarga ko‘ra, ushbu qaror Nyu-Dehli va Vashington o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish rejasiga bevosita bog‘liq.
Garchi rasmiy Nyu-Dehli importni to‘liq to‘xtatish haqida bayonot bermagan bo‘lsa-da, Tashqi ishlar vazirligi «energiya manbalarini diversifikatsiya qilish strategiyasi» ustuvor ekanini ma’lum qildi.
Donald Tramp 6-fevral kuni Hindiston tovarlariga nisbatan joriy etilgan 25 foizlik tariflarni bekor qildi. U buni Hindistonning «Rossiya...