Samarqand va Xorazm viloyatlarida fuqarolarni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarib berishni va’da qilib, pul olgan shifokorlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Samarqand tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda tuman markaziy shifoxonasi bo‘lim shifokori bir fuqaroni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarish va hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan. Mazkur mablag‘ning fuqaroga qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Xorazmda ham
Departamentning Bog‘ot tumani bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda esa Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi shifokori yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bir shaxsni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarib berishni va’da qilgan. U buning...