UZCARD va TBC Bank TBC Bankning karta mahsulotlarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.
Strategik hamkorlikning birinchi bosqichida 1 mln dona TBC Salom UZCARD bank kartalarini chiqarish bo‘yicha loyihani birgalikda amalga oshirish, keyinchalik esa hamkorlikni kengaytirish va emissiya ko‘lamini oshirish rejalashtirilgan. Kartalarni chiqarish yaqin oylarda boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda zamonaviy karta mahsulotlari va raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli tashabbus sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Hamkorlik doirasida UZCARD va TBC Bank mahsulotning raqamli va texnik infratuzilmasini rivojlantirish, kartalarni masofadan rasmiylashtirish va keyinchalik ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shuningdek, TBC Salom UZCARD faol karta egalari...