Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash bo‘yicha yangiliklar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash maqsadida onkologiya, endokrinologiya va kardiologiya markazlari tomonidan skrining tekshiruvlari yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning o‘zida 1,7 mlndan ortiq ayol skriningdan o‘tkazilib, 49 ming nafarida saraton oldi holatlar aniqlangan.
Shuningdek, 122 mingdan ortiq aholida yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetning erta bosqichdagi belgilari topildi. Ushbu sa’y-harakatlar odamlarni og‘ir kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Qashqadaryoda tajriba tariqasida erta aniqlangan onkologik holatlar uchun tibbiyot xodimlariga mukofot berish tizimi joriy etildi. Buning natijasida oilaviy...