Xiaomi 15T Pro smartfoni rasmiy taqdimotidan oldin TikTok’da qisqa video orqali ko‘rinib qoldi. Video tezda o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, skrinshotlar internetga tarqaldi. Bu haqda 4pda xabar bermoqda.
Tasvirlardan ko‘rinishicha, yangi model oldingi avlodga o‘xshash bo‘lib qolgan, ammo kamera blokining shakli biroz o‘zgartirilgan. Modul yanada yumaloq chiziqlarga ega va smartfon korpusi tekis qirralar hamda yonlari egilmagan orqa panel bilan ajralib turadi.
Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi 15T Pro MediaTek Dimensity 9400+ protsessorida ishlaydi va 12 GB tezkor xotira bilan ta’minlanadi. Asosiy kamera uchta moduldan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Unda 50 megapikselli OmniVision OVX9100 asosiy sensor, 50 megapikselli Samsung JN5 telefoto linzasi va 13 megapikselli ultra...