Xitoyning yangi energiya avtomobili (NEV) startaplari 2025-yil aprel oyidagi yetkazib berish natijalarini e’lon qildi. 1-may arafasida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Leapmotor yana bir bor yetakchilikni qo‘lga kiritdi va boshqa startaplardan o‘zib ketdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.
Aprel oyida Leapmotor 41 mingta avtomobil yetkazib berdi. Shu bilan u 40 minglik chegarani bosib o‘tgan yagona NEV startapi bo‘ldi. Yanvardan aprelgacha kompaniya jami 128,5 mingta avtomobilni mijozlarga topshirdi. Leapmotor hozirda oltita modelni ishlab chiqarmoqda: T03, C01, C11, C16, B01 va C10.
Ikkinchi o‘rinda Xpeng joylashdi. Kompaniya aprel oyida 35 mingta avtomobil yetkazib berdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 273% o‘sishni anglatadi...