Yashil iqlim jamg‘armasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan boshqariladigan «Muzliklardan fermer xo‘jaliklarigacha» dasturiga $250 million ajratdi.
Ushbu dastur Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Pokistonda muzliklar bilan oziqlanadigan hududlarda yashovchi aholining iqlim o‘zgarishiga moslashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Dastur doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hududlarida suvni tejash, samarali sug‘orish tizimlarini yaratish hamda suv havzalarini boshqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi. Maqsad – muzliklarning tez erishi sababli yuzaga kelayotgan suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va toshqinlar xavfini kamaytirishdan iborat.
Shu bilan birga, ushbu dastur muzliklar bilan oziqlanadigan va taxminan 27 million gektar maydonni egallaydigan to‘rtta daryo havzasiga – Markaziy Osiyodagi Norin va...