2025-yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ilk Porsche markazi ochiladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu Orbis Group investitsion strategiyasining va Porscheʼning mintaqadagi faoliyatini kengaytirishning muhim bosqichi sanaladi. Kompaniyaning Qozogʻistondagi vakili boʻlmish Orbis Group brendning hashamati va unumdorligini Oʻzbekistonga olib kirishga intilmoqda.
Yangi markaz Destination Porsche dizayn konsepsiyasi taqdim etilgan mintaqadagi birinchi markazlardan boʻladi. Markazining tamal toshini qoʻyish marosimi 2024-yil 26-sentabr kuni boʻlib oʻtdi. Marosimda Porsche Uzbekistan bosh direktori Viktor Amankva va Destination Porsche Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi boʻyicha bosh direktori Irina Kauk qatnashdi.
«Toshkentdagi butunlay yangicha Destination Porsche markazi Oʻzbekiston uchun yangi...