O‘zbekistonda kredit tarixini muzlatish xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar soni keskin oshmoqda. Bu haqda 4-dekabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan media-muloqotda ma’lum qilindi.
Kredit-axborot tahliliy markazi kredit byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning to‘rtinchi choragida Freeze xizmati orqali 48,4 ming fuqaro o‘z kredit tarixini bloklagan. Joriy yilning uchinchi choragida bu ko‘rsatkich 7,5 ming nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, jami foydalanuvchilar soni deyarli 56 mingga yetdi.
Shuningdek, yana bir kredit byurosi – CRIF kredit-axborot xizmatlarining bosh direktori Mirsardor Usmonovning Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, hozirda ularda xuddi shunday xizmat – Kredit Lock’ni 10,2 ming kishi yoqib qo‘ygan. Ushbu xizmatlar firibgarlikning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, kredit tarixi...