Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatda ekologik toza iqtisodiyotga o‘tish uchun turli tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Oxirgi uch yilda yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi, «yashil energiya» sertifikati tizimi joriy etildi. 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot» yili deb e’lon qilindi va davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Yig‘ilishda energetika sohasidagi kelgusi rejalar, «yashil texnologiyalar»ni rivojlantirish va resurslarni tejashga qaratilgan strategiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, yirik sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish, «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va ekologik toza texnologiyalarni...