O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi avvalroq kriptovalyuta harom ekanligi haqidagi ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘radi. Murojaat tashkilotning Telegram-kanalida e’lon qilingan.
Fatvo markazi quyidagi murojaat bilan chiqdi:
«2024-yil 3-iyun kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan «KRIPTOVALYUTALAR SAVDOSI JOIZMI?» degan mavzuda savol-javob loyihasi texnik sabablarga koʻra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganini ma’lum qilamiz. Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining oʻrinbosarlari muborak haj safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli oʻrganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz. Siz azizlardan uzr soʻragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy...