Jahon Banki so‘nggi «Global iqtisodiy istiqbollar» hisobotida Yevropa va Markaziy Osiyo (YeMO) mintaqasidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishini prognoz qilmoqda. Bu haqda Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2024-yilda YeMOda iqtisodiy o‘sish 3,2 foizga kamayishi kutilmoqda, bunda Rossiya va Turkiyadagi iqtisodiy zaiflashish muhim omil bo‘ldi. Inflyatsiya sekinlashish jarayoni to‘xtab qolgan, ammo umumiy inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Tojikiston va O‘zbekiston pul o‘tkazmalari barqaror bo‘lib, aholi iste’mol darajasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot o‘sishini 2025-yilda 5,8 foiz, 2026-yilda esa 5,9 foizga yetishi kutilmoqda. 2025-yilda YeMOda iqtisodiy o‘sish 2,5 foizgacha sekinlashishi, 2026-yilda esa 2,7 foizga...