Android Headlines portali yangi Galaxy AI sun’iy intellekt funksiyalariga ega boʻlgan Samsung Galaxy S25 Ultra flagman smartfoni namoyish etilgan videoni taqdim qildi.
Qayd etilishicha, video e’lon qilinganidan koʻp oʻtmay Samsung kompaniyasi talabi bilan olib tashlangan. Videoning sifatiga koʻra, u rasmiy, ammo premyeradan bir necha kun oldin tarmoqqa tarqalib ketgan.
Videoda Nightography funksiyasi taqdim etilgan boʻlib, unda sun’iy intellekt yanada kengroq dinamik diapazon va yaxshilangan barqarorlashtirish tizimini ta’minlab, tungi suratga olish rejimini yaxshilaydi. Videolardan keraksiz tovushlarni qirqish imkonini beruvchi Audio Eraser rejimi va yanada aqlli hamda sezgir boʻlgan yangilangan ovozli yordamchi ham namoyish etildi.
Video oxirida uchta smartfonning orqa paneli...