Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrikada davom etayotgan maymun chechagi epidemiyasini global favqulodda holat deb e’lon qildi. Bu xalqaro sog‘liqni saqlash qonunchiligi bo‘yicha eng yuqori xavf daraja hisoblanadi. CNN ushbu mavzuda o‘rganish olib bordi.
Unga ko‘ra, virusning halokatli shtammi «Klade Ib» Kongo Demokratik Respublikasida to‘xtovsiz tarqalmoqda. JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning aytishicha, boshqa davlatlarga tarqalish xavfi yuqori.
Maymun chechagi qanday yuqadi?
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, u qo‘l bilan teginish, o‘pishish yoki jinsiy aloqa kabi yaqinlik, shuningdek, choyshab, kiyim va nina kabi ifloslangan narsalar orqali yuqishi mumkin.
Dastlabki alomatlar qanday?
Ilk alomatlar odatda grippga o‘xshaydi. Bemorda isitma, titroq, charchoq, bosh og‘rig‘i...