Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash tizimidagi yutuqlar va kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda soha rivojlanib, tibbiyot xizmatlari shahardan chekka hududlargacha kengaytirildi. 18 mingdan ortiq tibbiy brigadalar tashkil etildi, kasalliklarni aniqlash va davolashda zamonaviy texnologiyalar joriy etildi.
2024-yilda sohaga 36 trln so‘m ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. Birlamchi tibbiy xizmatda 6 turdagi skrining tekshiruvlari amalga oshirilib, 100 mingdan ortiq bemor imtiyozli davolanish uchun yo‘llanma oldi. 2025-yilda soha rivojiga yana 41 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Kelgusi yilda birlamchi bo‘g‘inda tibbiyot sifatini oshirishga...