AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika va Kanadaga subsidiyalar masalasi sabab AQSh tarkibiga kirishni taklif qildi. U bu haqda NBC News telekanalidagi dasturda ma’lum qildi.
Trampning soʻzlariga koʻra, agar ushbu davlatlar AQSh subsidiyalaridan foydalanishni davom ettirmoqchi boʻlsa, shtat maqomini qabul qilishlari lozim. Shuningdek, u migrantlar oqimi va giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi choralar koʻrilmasa, bu mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj solinishidan ogohlantirdi.
«Biz Kanadaga har yili $100 milliarddan ortiq, Meksikaga esa qariyb $300 milliard subsidiya beramiz. Bu qanchalik mantiqli? Nega biz ularga subsidiya toʻlashimiz kerak? Agar bu jarayon davom etishini xohlasalar, ular AQShning...