Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi 2025-yil 1-dekabrdan boshlab kirish chiptalari narxini ko‘tarishini e’lon qildi. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.
Muzey ma’muriyatining ma’lum qilishicha, kattalar uchun bazaviy tarif 700 rublga yetadi. Muzey 2026-yil 31-martgacha seshanba, juma va shanba kunlarida 17:00, 17:30 va 18:00 da o‘tkaziladigan kechki seanslarni saqlab qoladi. Bu vaqtlarda tashrif narxi 500 rubl bo‘ladi. Shuningdek, mavjud ijtimoiy imtiyozlar ham davom ettiriladi.
Yil davomida sakkiz kun muzey barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul bo‘ladi. Har payshanba kuni 18 yoshgacha bo‘lganlar, talaba va pensionerlar bepul kirishi mumkin. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ko‘p farzandli oilalar esa har kuni bepul tashrif buyurish huquqiga...